Asosiy qoidalar
- Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining (keyingi o‘rinlarda IIV akademik litseylari deb ataladi) maqomi, asosiy maqsadi va vazifalari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, boshqarish, shuningdek ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlashni belgilaydi.
- IIV akademik litseyi davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi
- IIV akademik litseyida o‘quv-tarbiya jarayoni o‘quvchilarni ichki ishlar organlariga kasbiy yo‘naltirishni hamda ularni Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini nazarda tutadigan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
IIV akademik litseyida o’qish muddati ikki yilni tashkil etadi.
- IIV akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. IIV akademik litseylari direktorlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda IIV akademik litseyi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
- Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov o‘tkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
IIV akademik litseyi yuridik shaxs hisoblanadi hamda banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.