Kerakli meyoriy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, umumta’lim muassasalarining 9-sinflarini tamomlagan o‘quvchilarni (keyingi o‘rinlarda nomzod deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (keyingi o‘rinlarda IIV akademik litseyi deb ataladi) tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

— hududiy jihatdan tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB boshliqlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri nomiga ariza;

— belgilangan shakldagi so‘rovnoma;

— o‘qish joyi va mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma;

— namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;

— tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi;

— fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;

— 3×4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).

IIV akademik litseyida o’qish muddati ikki yilni tashkil etadi.

© 2019-2025 O'zbekiston Respublikasi Ichki ichlar Vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyi